Yayıncı : Kesit Yayınları
Kategori : Hikaye
Fiyat: 32.00   Liste Fiyatı : 40.00
Ürün Satışta. % 20 İndirim 
Favorilere Ekle
Adet
Format : Kitap
Barkod : 978-605-7898-41-8
Yayın Tarihi : 2019-12-08
Baskı Sayısı : 1.Baskı
Sayfa Sayısı : 140
Boyut : 13 X 21
Hakkında
Yorumlar
Resimler ve Dosyalar
NASIROV AZIMIDIN

BADIIYLIK VA HAYOTIY HAQIQAT



(“Yulduzli tunlar” va “Ona lochin vidosi”
romanlari misolida)



İstanbul, 2019


Nasirov Aizmidin Normamatovich. Badiiylik va hayotiy haqiqat
(“Yulduzli tunlar” va “Ona lochin vidosi” romanlari misolida).
Monografiya. – 134 bet.

Monografiyada o„zbek adabiyotining iste‟dodli adiblaridan biri
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi”
romanlaridagi tarixiy haqiqatning badiiy talqinga aylanish jarayoni,
tarixiy shaxs siymosining yaratilishi, tarixiy romanda badiiy zamon va
makon (xronotop) tasviri kabi muammolar tahlil etilgan. Ijtimoiy
muhitning badiiy xarakterga ta‟siri, ijodkor tomonidan badiiyat
mezonlari asosida obraz yaratish mahorati haqida mulohazalar qayd
etilgan. Romanda tarixiy shaxs siymosi, ya‟ni Bobur va Shayboniyxon
obrazlarining «Yulduzli tunlar» romanidagi talqini xususida so„z
yuritilgan. Romanning poetik xususiyatlari tadqiq qilingan.
Shuningdek, temuriy malikalardan biri bo„lgan Gavarshod begim
obrazining badiiy adabiyotdagi talqini bir qator asarlar misolida qiyosiy
tahlil etiladi. Mustaqillik yillarida yaratilga “Ona lochin vidosi”
romanida tarix haqiqatiga monand tarzda Gavharshod begim obrazi
yaratilganligiga alohida e‟tibor qaratilgan.
Monografiya oliy o„quv yurtilarining 5220100 – filologiya va
tillarni o„qitish (o„zbek tili) yo„nalishidagi bakalavr va 5A120101 –
Adabiyotshunoslik (tillar va tadqiqot yo„nalishlari bo„yicha)
yo„nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo„ljallangan. Shuningdek
Turkiyening Firat universiteti Turk tili va adabiyoti, Qardosh turk
lahjalari fakultetlarining talabalariga “O„zbek adabiyot”i fanidan
ma‟ruza va amaliy mashg„ulotlarni o„tishda unumli foydalanilgan.
Mas‟ul muharrir: Hotam UMUROV
O„zbekiston, filologiya fanlari doktori, professor,

Taqrizchilar: Ahmet BURAN
Turkiye, Firat universiteti professori,
filologiya fanlari doktori,

Ercan ALKAYA
Turkiye, Firat universiteti professori,
filologiya fanlari doktori

******

SO„Z BOSHI
Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz

bir-biriga hamohang bo‗lgan xalqning yillar davomida
ma‘lum bir ijtimoiy-siyosiy voqelik tufayli uzoqlash holati ko‗zga
tashlandi. Ammo O‗zbekistonning Istiqlolga erishishi, o‗zining buk
davlatchilik tarixini bir asrdan ortiqroq davr o‗tgandan so‗ng qayta
tiklashi Turkeyi Jumhuriyatini, uning xalqini cheksiz quvonchiga asos
bo‗lgan edi. Shunday bo‗lsa-da, keying uch yil davomida, barcha
sohalarda bo‗lgani kabi O‗zbekistondagi ta‘lim sohasidagi islohatlar
o‗zbek davlatining, qolaversa, xalqining tqraqqiyot tamoyillarini
rivojlangan davlatlar qatoridan o‗rin olish imkonini juda ham
kengaytirdi. Ta‘lim jarayonidagi islohatlarning mahsuli sifatida etuk
mutaxasislar almashish, yillar davomida orttirilgan tajribalarni
almashish va bugungi zamonaviy ta‘lim jarayonidagi o‗zgarishlarni
o‗rganish esa har ikki xalqning yanada taraqqiyotidan dalolatdir.
Turkiy xalqlar madaniyati tarixida Ysuf Xos Hojibning
―Qutadg‗u bilig‖, Mahmud Qoshg‗ariyning ―Devonu lug‗atit turk‖,
Ahmad Yuknakiyning ―Hibbatul haqoyiq‖ asarlarining ikki xalq
tomonidan o‗rganilishi yoki temuriylar sivilisatsiysining etuk vakillari
hisoblangan Mirzo Ulug‗bek, Gavharshod begim, Husayn Bayqaro,
Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi o‗z davrining
buyuk siymolarining tarixini, murakkab hayotini tarixiy voqealar
zamirida o‗rganishi ham bejiz emas. Ular yratgan, bizgacha etib
kelgan ma‘naviy merosdan oziqlandi va oziqlanmoqda.
Shu nuqtaiy nazardan, Samarqand davlat universitetining
professori, filologiy fanlari doktori Azimidin Nasirov tomonidan
yaratilgan bu monografiyada dunyo xalqlaqri tarixida juda ulkan
ma‘naviy meros qoldirgan, buyuk iste‘dod sohiblari Mirzo Ulug‗bek,
Zahiriddin Muhammad Boburning XX asrda yaratilgan o‗zek
romanlaridagi badiiy obrazini bir qator tarixiy manbalar asosida
qiyosiy o‗rganishi bizda juda katta ta‘surot qoldirdi. Mirzo
Ulug‗bekning bolidaiy muhtaramasi Gavharshod begimning nurli
siymosini, turli janrlardagi asarlarda talqin etilishiga judda kata e‘tibor
12 / NASIROV AZIMIDIN

beradi va ma‘lum ma‘noda uning haqiqqiy obrazi Primqul
Qodirovning ―Ona lochin vodosi‖ romanida yaratilganligiga o‗z
e‘tiborini qaratadi. Asar sujetidan o‗rin olgan ―Ona lochin‖
hikoyatidagi Ona Burgutning fojialariga qiyosiy tahlil qilingan
o‗rinlari kitoxon qalbini larzaga solidi. Ana shunday murakkab
sharoitda ham insoniy fazilatlarini saqlab qolishi Gavharshod
begimning etuk va oqila temuriy malika ekanligi asoslangan.
Pirimqul Qodirovning ―Yulduzli tunlar‖ romanida esa iste‘dodli
ijodkor, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy obrazi
talqiniga diqqatini qaratadi. Buyuk bir siymoning qalbida, jismida
shohlik va shoirlik mujassam bo‗lib, nafaqat, turkiy xalqlaqr tarixida
balki, jahon sivilizatsiyasida ham o‗ziga xos o‗rni mavdudligini
alohida ta‘kidlaydi. Muallif faqat badiiy asardagi obraz talqini bilan
cheklanib qolmasdan, balki Zahiriddin Muhammad Boburning
me‘muar (esdaliklar) asari bilan bir qatorda, hid xalqining faxri
bo‗lgan Javohirlal Nuruning ―Hidiston tarixi‖, ingiliz tarixchisi
Uilyam Eriskinning ―Bobur Hidistonda‖ kabi nodir asarlardagi
haqqoniy qarashlar, fikrlarga ham ijodiy yondoshadi va munosabat
bildiradi. Ayniqsa, Hasanxoja Nisoriyning ―Muzakkiri ahbob‖, Hafiz
Tanish Buxoriyning ―Sharafnomaiy Shohiy‖ kabi tarixiy
manbalardagi tarixiy faktlarga ijodkor, romannavis Pirimqul
Qodirovning qay tarzda ijodiy yondoshganligini, adabiy-tanqidiy
qarashlarga asoslangan holda tahlil qiladi. Romandagi shoh va shoir
Zahiriddin Muhammad Bobur istiroblarini, dramatik holatlarini, tarix
sahnasidagi g‗olibu mag‗lubliklarini shoir she‘riyati misolida ham
qiyosiy o‗rganadiki, bu esa Bobur shohdagi buyuk insoniy fazilatning
yuksak darajada bo‗lganligini isbotlaydi.
Xullas, monografiyadan o‗rin olgan tahlillar orqali buyuk insoniy
fazilat egasi bo‗lgan shaxslar faoliyatini o‗rganishda, bu haqida
hayotiy xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Pirimqul
Qodirovning badiiy obraz yaratishdagi mahorati ko‗rsatilgan. Bunday
tushunchalar va tahlillar bugungi kitobxonni tarixga, buyuk
siymolarga bo‗lgan muhabbatini yuksalishiga asos bo‗ladi.
Ahmet BURAN,
Ercan ALKAYA
Turkiye, Firat universiteti professorlari,
filologiya fanlari doktorlari

*************

MUNDARIJA
SO‗Z BOSHI .......................................................................... 11
K I R I SH .............................................................................. 13
TARIXIY SHAROIT VA BADIIYAT .................................... 17
BADIIY VAQT TALQINI VA XARAKTER IFODASI ......... 41
TARIXIY OBRAZ. BADIIY XARAKTER VA RUHIYAT
BIRLIGI ................................................................................. 63
TARIXIY MANBALAR VA OBRAZLAR OLAMI .............. 85
―ONA LOCHIN VIDOSI‖ ROMANIDA GAVHARSHOD
BEGIM OBRAZI TALQINI ................................................. 113
A D A B I YO T L A R R O‗ Y X A T I: ............................. 129

Okuyucu Yorumları